Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974 yil 7 mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug`ilgan. 1994 yildan buyon qo`shiqchilik san`ati bo`yicha o`z ijodiy faoliyatini boshlagan. 2002 yildan buyon “O`zbeknavo” estrada birlashmasida yakkahon honanda sifatida faoliyat yuritadi. Ozodbek Nazarbekov 1994 yildan buyon Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, Navro`z umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Respublikamizning barcha viloyatlarida o`zining yakkahon konsertlarini namoyish etgan. 2003 yil 22 iyunda Turkiston saroyida “Oydin kechalar” deb nomlangan yakkahon konsertini, 2005 yil 15-16 aprelda esa Xalqlar do`stligi saroyida “Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan konsertini, 2006 yil 12-13-14-15 aprel kunlari “Sening darding...” deb nomlangan konsertini o`z muxlislariga taqdim etgan.