
Yangi konsert dasturimiz birinchilardan bo’lib Amerika Qo’shma Shtatlarida bo’lib o’tadigan bo’ldi.
AQShdagi muhlislar bizni uzoq kutishni, ularni biz ham sog’indik! Biz hozirgi kunga AQShdagi “Vatandosh” gazetasi hamda “Mix and Match” prodyuserlik markazi bilan hamkorlikda Nyu York va Piladelfiyada konsert tashkil etganmiz.
Konsertlar faqat 3 kun bo’lib safarimiz quyidagicha bo’ladi:
25 Aprel – AQShga tashrif;
26 Aprel – Samarqand Restorani Philadelfiya;
27 Aprel – Millenium Holl Bruklin, Nyu York (Asosiy konsert);
28 Aprel – Golluvud, yulduzlar alleyasiga tashrif, dam olish kuni;
29 Aprel – Da Mikelli Palace Kvins, Nyu York;
30 Aprel – Nyu York bo’ylab sayohat, dam olish kuni;
1 May – Vatanga qaytish;
Konsertda ko`tarinki kayfiyat, bir-biridan jozibali qo`shiqlar, hamda diydor ko’rishishni asosiy maqsad qilib olganmiz!
AQShdagi vatandoshlarni konsert dasturimizga taklif qilib qolamiz!
Ma’lumot uchun posterdagi telefon raqamlariga qo’ng’iroq qiling.
Xush keldingiz... Aynan shu qo`shiq bilan konsert boshlanadi. Ko`tarinki kayfiyat, bir-biridan jozibali qo`shiqlar, o`xshashi yo`q sahna dekoratsiyasi, bularning hammasi muxlislar olqishiga sabab bo`layapti. Konsertning boshlovchisi ham Ozodbekning o`zi. Jonli ijrodagi qo`shiqlar muxlislarga alohida huzur baxsh etayapti. Konsert haqidagi video lavhani tamosha qilib bunga o`zingiz ham amin bo`lasiz. Saytning video bo`limida konsert lavhalarini tamosha qiling...
Barcha yurtdoshlarimizni haqiqiy milliy bayramimiz Navro`z ayyomi bilan tabriklayman. Hammangizga bu bahor fayzu baraka olib kelsin!





